“O‘zbek tili - qalbim tarjimoni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2025-10-06 810
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
“O‘zbek tili - qalbim tarjimoni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘zbek tili va adabiyot kafedrasi tashabbusi bilan chet ellik talabalar ishtirokida “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Suhbat davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati va til orqali inson qalbini ifoda etish imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.