SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Joriy yil 18-sentabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi Shota Rustaveli nomidagi Batumi davlat universiteti bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazdi.

Mazkur uchrashuvda ikki oliygoh vakillari ta’lim va ilmiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma loyihalar va grantlarni amalga oshirish, shuningdek, turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi muhim masalalarni muhokama qildilar.

Tomonlar oliy ta’lim muassasalarini iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladigan tashabbuslarni amalga oshirish zarurligini ta’kidlashdi. Samarqand va Batumi shaharlarining turizm salohiyati yuqoriligi inobatga olinib, mazkur yoʻnalishda qoʻshma sa’y-harakatlarni yoʻlga qoʻyishning maqsadga muvofiqligiga alohida urgʻu berildi.

Shuningdek, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, xalqaro reytinglarda oʻrin egallash jarayonida hamkorlik qilish kabi masalalar ham kelgusida rivojlantirilishi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены