Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi “InnoWeek.Uz-2025” ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar koʻrgazmasi hamda startaplar festivalida faol ishtirok etdi



Joriy yil 6-sentabr kuni Samarqand shahrida “InnoWeek.Uz-2025” ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar koʻrgazmasi hamda startaplar festivali boʻlib oʻtdi.
“InnoWeek.Uz-2025” haftaligi doirasida oliy ta’lim muassasalari tomonidan yaratilgan ilg‘or ilmiy ishlanmalar, startap loyihalar, tijoratlashtirishga tayyor innovatsion mahsulotlar, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida yaratilayotgan yangi mahsulotlar keng jamoatchilikka namoyish etildi.
Mazkur nufuzli haftalikda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham faol ishtirok etib, institut olimlari va talabalari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar hamda startap loyihalari taqdim etildi.
