Самаркандский институт экономики и сервиса
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti real iqtisodiyot kafedrasi katta professor-o‘qituvchilari Z.Sattorova hamda R.Qurbonovalar Qozog‘iston Respublikasi Qozon milliy universiteti (Al-Farabi Kazakh National University)da o‘tkazilayotgan IV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etmoqda.
“Barqaror iqtisodiy rivojlanish paradigmasi o‘zgarishlar sharoitida: chaqiriqlar, oqibatlar va imkoniyatlar” mavzusidagi mazkur nufuzli ilmiy anjuman Farabi Forum doirasida tashkil etilib, unda 37 dan ortiq mamlakatlardan kelgan professor-o‘qituvchilar, amaliyotchilar hamda tahlilchilar ishtirok etmoqda.
Shuningdek, tashrif doirasida Qozog‘iston Milliy universitetining iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar ham olib borildi. Mazkur darslar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va xalqaro tajribani kengaytirishga xizmat qildi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский