SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Bugun, 9-oktabr kuni O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “InnoWeek–2025” — “Chegarasiz g‘oyalar” VIII Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi rasman ochildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizim ishtirokchilari va yosh innovatorlar qatnashdi.

Mazkur nufuzli xalqaro haftalikda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Jonibek Maxmudov ham ishtirok etmoqda.

“InnoWeek–2025” doirasida ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy tajriba almashish imkoniyatlari yaratilmoqda.