Samarqand iqtisodiyot va servis instituti inson resurslarini boshqarish kafedrasi katta o'qituvchisi Bobir Qilichov hamda menejment kafedrasi assistenti Navruzbek Niyatov Turkiya Respublikasining nufuzli Rejep Tayyip Erdoğan universitetida (Recep Tayyip Erdoğan Üniversitesi) tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish va ilmiy stajirovka dasturida ishtirok etishmoqda.
"Modern Approaches to Teacher Retraining and Professional Development" nomli xalqaro dastur doirasida institut vakillari ta'lim jarayoniga zamonaviy va raqamli texnologiyalarni joriy etish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ilg'or xalqaro tajribalarni o'rganish bo'yicha mashg'ulotlarda qatnashmoqda.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский