Самаркандский институт экономики и сервиса
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Pastarg‘om tumanidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan 2-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida institut bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, institutning tarixi va yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar institut faoliyati, fakultetlar, muzey hamda Axborot-resurs markazi bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda tillarni o‘qitish kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari, savol-javoblar hamda interaktiv o‘yinlar tashkil etildi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский