SamISI vakili Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

2026-09-14 18
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
SamISI vakili Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Lanzhou shahrida joylashgan Northwest Normal Universityda "Markaziy Osiyoda ta'lim sohasidagi yetakchilikni sun'iy intellekt texnologiyalari va raqamli ta'lim industriyasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish orqali oshirish dasturi" mavzusida xalqaro seminar bo'lib o'tmoqda.

Mazkur seminarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Registrator ofisi" boshlig'i Karimov Anvar Aktam o'g'li ham ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida ta'lim sohasida yetakchilikni rivojlantirish, sun'iy intellekt texnologiyalaridan ta'lim jarayonida samarali foydalanish hamda raqamli ta'lim yo'nalishida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.