SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti birinchi bosqich talabalari uchun “Ma’rifat darsi” mashg‘uloti tashkil etildi. 

Unda ta’lim va ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni, bilim olishning ahamiyati hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi.

Talabalarga o‘z fikr-mulohaza va takliflarini erkin bayon etish imkoniyati yaratildi. Ular dars jarayonida faol ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan qiziqarli mulohazalar bildirishdi.