Servis fakultetida davra suhbati bo‘lib o‘tdi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakultetida “Diniy ekstremizm, terrorizm va fundamentalizm” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalarga mazkur salbiy illatlarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyatdagi xavfli oqibatlari va yoshlar orasida tarqalishining oldini olish bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar berildi.
Ushbu tadbirda professor o‘qituvchilar tomonidan ekstremistik g‘oyalarning asl maqsadi, ularning ijtimoiy hayotga salbiy ta’siri va yoshlarni bu yo‘ldan og‘dirish usullari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mavzuga oid fikr-mulohazalar bildirildi. Bunday tadbirlar yoshlar ongida ogohlikni oshirish, ularni buzg‘unchi g‘oyalardan asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.
