Servis fakultetida “Mustaqillik – buyuk ne’mat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi



Mazkur davr suhbati davomida talabalarga mustaqillik tufayli xalqimiz hayotida yuz bergan ulkan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, iqtisodiyot, ta’lim, ilm-fan, ijtimoiy soha hamda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlar xususida so‘z yuritildi.
Tadbirda mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori oshgani, milliy qadriyatlarimiz tiklangani, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash imkoniyatlari kengaygani haqida aniq misollar orqali tushuntirildi.
Talabalar ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirar ekan, mustaqillik ularning orzu-intilishlari, sifatli ta’lim olish va zamon bilan hamqadam bo‘lish yo‘lida benazir imkoniyatlar yaratganini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
