Servis fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida ogoh etish, ularni sog‘lom turmush tarziga chorlash va ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali giyohvandlikka qarshi kurash, sog‘lom hayot va ma’naviy barkamollik g‘oyalarini targ‘ib qilishdi.
