“Sintetik giyohvand moddalar, giyohvandlar bilan suhbat va o‘z joniga qasd” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta‘lim fakulteti tyutori Y.Qarshiboyev tashabbusi bilan “Sintetik giyohvand moddalar, giyohvandlar bilan suhbat va o‘z joniga qasd” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida qatnashchilar sintetik giyohvand moddalarning sog‘liq, psixika va ijtimoiy hayotga ta‘siri haqida batafsil ma‘lumot olishdi. Shuningdek, giyohvand moddalar iste‘mol qiladigan shaxslar bilan muloqot qilish usullari, ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari va xavfli vaziyatlardan qanday chiqish mumkinligi muhokama qilindi.
Oʼzbekcha
English
русский