SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyida kechki taʼlim fakulteti tyutori Sh.Bozorova tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-qizlar o‘rtasida do‘stlik va jamoaviylik muhitini mustahkamlash maqsadida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa davomida talaba-qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi, sport orqali sog‘lom raqobat va ahillik muhitini yaratishga erishildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat ulashdi.