“Zakovat” intellektual o‘yini: Servis fakultetida "Dekan kubogi - 2025"ning 2-turi bo‘lib o‘tdi

2025-10-03 867
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
“Zakovat” intellektual o‘yini: Servis fakultetida "Dekan kubogi - 2025"ning 2-turi bo‘lib o‘tdi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mantiqiy fikrlash va jamoaviylikni rivojlantirish maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘yicha “Dekan kubogi – 2025” musobaqasi davom etmoqda.

Shu doirada servis fakultetida “Dekan kubogi”ning 2-turi bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar jamoalari o‘zaro bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazib, qizg‘in bahs-munozaralarda faol ishtirok etdilar.