SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti psixologi D.To‘xtamisheva tashabbusi bilan “Zo‘ravonlik va jinoyatlarning oldini olishda psixologik yondashuv” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda talabalar va xodimlar ishtirok etib, zo‘ravonlik va jinoyatlarning asosiy sabablari, ularning ijtimoiy va psixologik oqibatlari haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Shuningdek, davra suhbati davomida psixologik yondashuvlar orqali zo‘ravonlikning oldini olish, stress va agressiyani boshqarish, shaxsiy hamda jamiyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.