Rasmiy munosabat



Talaba.uz telegram kanalida e'lon qilingan "Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalariga 2 oydan buyon stipendiya berilmayapti" sarlavhasidagi xabarga rasmiy munosabat.
1-2 bosqich talabalarning kredit-modul tizimida, 3-4 bosqich talabalari esa an'anaviy shaklda o'qiyotganligi, nazorat baholash muddatlarining bir-biridan farq qilganligi, shuningdek ayrim talabalar ikkinchi qaydnoma asosida nazoratlarni qayta topshirayotgan bo'lganligi tufayli ba'zi guruhlarda stipendiya to'lovlarining kechikish holati sodir bo'lgan. Hozirda muammo to'liq bartaraf etilgan.
