Samarqand iqtisodiyot va servis instituti doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi
TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI
1. Ariza
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) tog‘risida diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
6. Pasport nusxasi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa.)
8. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B2” daraja (stajyor-tadqiqotchilikka talab etilmaydi)
Talabgorlar hujjatlar topshirishni 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar www.daraja.ilmiy.uz sayti orqali amalga oshiradilar.
Bizning manzil: Samarqand shahri, A.Temur ko‘chasi 9-uy.
Tel: (66) 233-28-38.
