"Bir million dasturchi" loyihasi



Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ularning xalqaro
IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining
50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab berish
TARTIBI
1. Talabgor, xalqaro IT-sertifikatni olganidan so’ng,
https://my.gov.uz/ru/service/622
portali orqali ro‘yxatdan o‘tib, murojaat qoldiradi
(Sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida);
2. Ishchi organ talabgorning arizasi va hujjatlarini ko‘rib chiqadi hamda talabgor tomonidan taqdim qilingan xalqaro IT-sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi;
3. Ishchi organ talabgorning hujjatlarini umumlashtirib, moliyalashtirish yuzasidan takliflarni vakolatli organga kelishish uchun kiritadi;
4. Xalqaro IT-sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda bu haqida talabgorga https://my.gov.uz portali orqali xabar yuboradi;
5. Vakolatli organ tomonidan, xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan kiritilgan takliflar kelishib beriladi;
6. Ishchi organ talabgor ko‘rsatgan hisob-varaqqa tegishli pul mablag‘larini yo‘naltiradi.
Xalqaro IT-sertifikatning darajasiga oid xarajatlarining qoplanishi mezonlari: boshlang`ich – 30%; o`rta – 40% va professional – 50%.
Video roliklar
