SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI HARBIY TAYYORGARLIK O'QUV MARKAZIGA QABUL QILISH UCHUN BAHOLASH MEZONI
Qabul jaroyinida nomzodlarga qo'yilgan talablar:
Talabgorlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimida hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kelishlari lozim.
Sinov davomida talabalar quyidagi mashqlarni bajaradilar:
Erkak talabalar uchun:
▪️ turnikda tortilish;
▪️ 100 metrga yugurish;
▪️ 3000 metrga yugurish.
Mashqlar oralig'ida talabalarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko'ra bajarmagan yoki topshirishdan bosh tortgan talabalar «qoniqarsiz» baholanadi.
Turnikda tortilish mashqini bajarish tartibi:
Turnikda tortilish mashqini bajarishda bosh barmoq tayoq ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo'g'imi to'g'rilanadi, oyoq uchlari cho'ziladi va tovonlar birlashtiriladi.
Iyak turnik balandligidan o'tgunga qadar qo'llar bukiladi. Harakat to'liq amalga oshirilgach, dastlabki holatga qaytiladi. Osilish holati 1-2 soniya davom etishi lozim.
Mashqni bajarishda:
▪️ oyoqlarni kerish;
▪️ tanani harakatsiz holatda egish;
▪️ oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha bukishga ruxsat beriladi.
Turnikda tortilishning baholash mezonlari
▪️ 12 marta va undan ko'p - «aʼlo»;
▪️ 10-11 marta - «yaxshi»;
▪️ 8-9 marta - «qoniqarli»;
▪️ 1-7 marta yoki umuman tortila olmasa - «qoniqarsiz».
Kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi:
Mazkur mashqlar kompleksi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari ayol talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, jami 1 daqiqa davomida bajariladi.
«Diqqat», «Mashqni bajarishga kirishilsin» komandasi asosida dastlabki 30 soniya davomida chalqancha yotgan holda maksimal darajada oldinga egilib, qo'l bilan oyoq uchiga tegiladi. Bunda qo'llar belda, oyoqlar birlashtirilgan holatda bo'ladi. Oyoqlarni sezilmas darajada bukishga ruxsat etiladi hamda dastlabki holatga qaytishda kuraklar yerga tegishi lozim.
«Vaqt» komandasi asosida «yerda qo'lga tayangan holda yotish» holati qabul qilinadi va dam olmasdan keyingi 30 soniya davomida imkon qadar ko'p marta qo'llarni bukib-rostlash mashqi bajariladi. Bunda gavda tik holatda saqlanadi va qo'llar ko'krak yerga tekkuncha bukiladi.
Baholash mezonlari:
▪️ 32 marta va undan ko'p - «aʼlo»;
▪️ 29-31 marta - «yaxshi»;
▪️ 26-28 marta - «qoniqarli»;
▪️ 25 marta va undan kam - «qoniqarsiz».
100 metrga yugurish:
100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yo'lakchasi yoki qattiq qoplamali tekis joylarda o'tkaziladi.
Erkak talabalar uchun:
▪️ 14,0 soniya va undan kam - «aʼlo»;
▪️ 14,1-14,4 soniya - «yaxshi»;
▪️ 14,5-15,2 soniya - «qoniqarli»;
▪️ 15,3 soniya va undan ko'p - «qoniqarsiz»
3000 va 1000 metrga yugurish:
3000 metrga (erkak talabalar) va 1000 metrga (ayol talabalar) yugurish mashqlari stadionning yugurish yo'lakchasi yoki tekis joylarda o'tkaziladi. Bunda umumiy yoki alohida start berilishi mumkin. Start va marraga kelish chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
Erkak talabalar - 3000 metr:
▪️ 12:40 daqiqa va undan kam - «aʼlo»;
▪️ 12:41-13:20 daqiqa - «yaxshi»;
▪️ 13:21-14:00 daqiqa - «qoniqarli»;
▪️ 14:01 daqiqadan ko'p - «qoniqarsiz».
Eʼtibor bering!
Talabaning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda kamida bitta «qoniqarsiz» baho olishi uning umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan «o'tmagan» deb hisoblanishiga sabab bo'ladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o'tmagan talabalarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi.
Talabalardan belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilishlari hamda sinovlarga puxta tayyorgarlik ko'rishlari so'raladi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский