Qoʻshma ta’lim dasturlariga hujjat topshirib, birinchi bosqich imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda ikkinchi bosqich imtihonlariga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga
❗️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Qoʻshma ta’lim dasturlariga hujjat topshirib, birinchi bosqich imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda ikkinchi bosqich imtihonlariga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
📂 2025/2026-o'quv yilida xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil qilingan Qo'shma ta'lim dasturlariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi 2025-yil 11-dekabr kuni soat 09:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limining yangi binosida (https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q) bo'lib o'tadi.
Abituriyentlar o'zlarining shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari (pasport yoki ID karta) bilan kechikmasdan kelishlari talab qilinadi.
Hamkor OTM👇
G.R. Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti (Rossiya Federasiyasi)
Taʼlim yoʻnalishlari 👇
🔹 Buxgalteriya hisobi
🔹 Turizm va mehmondoʻstlik
Qo‘shma ta'lim dasturlarining 2-bosqich imtihonlariga tavsiya etilgan abituriyentlar ro'yxati.
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limining yangi binosi.
Manzil: "Pastdarg‘om tumani Kamolot mahallasi Irteshar GES ko‘chasi 5a-uy.
Mo'ljal: Samarqand shahar (super) kimyogarlar shaharchasi yonida joylashgan. Sobiq «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o‘tib.
Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q.
Vaqti: 2025-yil 11-dekabr soat 09:00da.
Oʼzbekcha
English
русский