Profilaktik mazmundagi yig‘ilish o‘tkazildi.



Joriy yilning 20-dekabr kuni institutning “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi xodimlari bilan navbatdagi profilaktik mazmundagi yigʼilish oʼtkazildi. Tadbirda korrupsiya, uning kelib chiqish asoslari, oqibatlari institut hayotidan kelib chiqqan holda, tushuntirishlar berib oʼtildi. Korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etgan shaxsga jazo muqarrarligi yana bir bor eslatib oʼtildi. Shuningdek, institut hududida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga har bir xodim maʼsul ekanligi aytildi.
Tadbir soʼngida berilgan savollarga javoblar berildi.
SamISI Matbuot xizmati
