Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi



Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Tyutorlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu intellektual bellashuv “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida talabalar mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv va sabr-toqat kabi ko‘nikmalarini namoyon qilishdi. Bahslar qiziqarli va raqobatbardosh muhitda o‘tdi.