SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Xalqaro hamkorlik bo‘limi - Samarqand iqtisodiyot va servis institutining xorijiy mamlakatlarning o‘quv va ilmiy muassasalari, markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatuvchi bo‘limi hisoblanadi.

Xalqaro hamkorlik bo’limining asosiy maqsadi jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, markazlar va ilmiy tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkor aloqalarini o‘rnatish va rivojlantitrish, hamda institutning jahon akademik hamjamiyati orasida ta’nilishini ta’minlashdir.

Xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy vazifalari:

    • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan imzolangan davlatlar va vazirliklararo hamda xalqaro bitimlardan kelib chiqqan holda institutning xalqaro hamkorligi strategiyasini amalga oshirish;

    • Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, xalqaro agentliklar, jamg‘armalar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va o‘rnatilgan aloqalarni mustahkamlash;

    • Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash orqali institutning ta’lim, ilm-fan va innovatsiya, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarida xalqaro tashabbuslarini targ‘ib qilish hamda amalga oshirish;

    • Rasmiy xorijiy delegatsiyalarni, shuningdek, alohida taklif etilgan o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislarni kutib olish va ularga yetarlicha sharoitlar yaratib berish;

    • Institutda xalqaro tadbirlarni o‘tkazishda tashkiliy yordam ko‘rsatish;

    • Institut talabalari, tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilarining xalqaro ilmiy faoliyatda qatnashishlarini qo‘llab-quvvatlash;

    • Xalqaro loyihalarda institut vakillarining ishtirokini ta’minlash;

    • Institut o‘quv jarayonlariga xorijlik yetakchi olimlar, o‘qituvchilar, mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilish;

    • Xorijiy fuqarolarni talaba va tinglovchi sifatida jalb qilish;

    • Chet elda ta’lim olish, malaka oshirish yoki ilmiy-tadqiqot olib borish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni institut ilmiy-pedagogik jamoasiga e’lon qilib borish;

Xalqaro hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini amalga oshirish.

Maxmudov Jonibek Adxam o‘g‘li
Icon

Maxmudov Jonibek Adxam o‘g‘li

Icon

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Amirov Mehruz Sharifovich
Icon

Amirov Mehruz Sharifovich

Icon

Xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan