Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi
Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasining faoliyati toʻgʻrisida
Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi a'zolarini mehnat faoliyatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qiladi.
Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi (SamISI BKUQ)ni professor – oʻqituvchilar, doktorantlar, ishchi xodimlar hamda institutda koʻp yillar davomida mehnat qilgan pensionerlar tashkil qiladi.
Institut rahbariyati xodimlarning manfaatlariga taalluqli boʻlgan qarorlar qabul qilishdan oldin kasaba uyushma qoʻmitasi bilan birgalikda ish olib boradi. Kasaba uyushma qoʻmitasining takliflarini oʻz vaqtida koʻrib chiqadi hamda mehnat masalalarida, institut rahbariyati institut faoliyatiga oid masalalar boʻyicha va boshqa ijtimoiy – siyosiy masalalar yuzasidan zarur boʻlgan axborotlarni kasaba uyushma qoʻmitasiga taqdim etib boradi.
Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasiga a'zo boʻlgan xodimlar uchun:
- millati, jinsi, yoshi va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar Kasaba uyushma a'zosining mehnat qilishi, ishni, kasbni erkin tanlashi, adolatli mehnat sharoitini yaratib berilishi va ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitusiyaviy huquqlariga rioya etilishiga;
- insonning ma'naviy va jismoniy kuch quvvatlarining tiklanish vositasi boʻlgan boʻsh ish vaqtini koʻpaytirish va undan oqilona foydalanishga;
- mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlari, qoidalari va me'yorlariga rioya etilishiga;
- sogʻlomlashtirish uchun baza yaratilishiga va zarur vositalar ajratilishiga;
- ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadlarida jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishiga, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
- davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, Kasaba uyushma a'zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonun hamda boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilinishiga, barqaror, hamjihatlik va fuqorolar totuvligini saqlab qolishga;
- mexnatga haq toʻlashning ijtimoiy adolatli tizimini joriy etilishiga;
- ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga binoan kasaba uyushma a'zolarining malakasini oshirishga va kasb jihatidan qayta tayyorlashga erishishga intiladilar.
Kasaba uyushma a'zolarining huquqlari va vazifalari:
- kasaba uyushmasiga a'zo boʻlish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasi Ustavini tan oluvchi va uning talablarini bajaruvchi hamda a'zolik badallarini toʻlab boruvchi xodim kasaba uyushma a'zosi boʻla oladi;
- mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan, mulk shakllridan qat'iy nazar davlat, sud va xoʻjalik organlarida kasaba uyushmasining huquqiy yordamini olish va uning himoyasida boʻlishi;
- kasaba uyushmalari organlariga saylash va saylanishi;
- kasaba uyushmalarining tadbirlarida ishtirok etish, oʻz fikrini erkin bayon qilish, oʻz faoliyatini va xulq-atvoriga taalluqli masala koʻrib chiqilayotgan majlislar, yigʻilishlar va konferensiyalarda shaxsan ishtirok etish;
- yuqori kasaba uyushma qoʻmitalariga murojaat etish;
- kasaba uyushmalari sihatgohlari, sanatoriyalar, sanatoriy-profilaktoriylari, dam olish bazalari, bolalar sogʻlomlashtirish lagerlariga davolanish va dam olish uchun imtiyozli tariflar boʻyicha yoʻllanmalar olish.
Kasaba uyushma qoʻmitasi institut ma'muriyati bilan kelishilgan holda quyida keltirilgan qarorlarni koʻrib chiqadi:
- Mehnat sharoitini, mehnat xavfsizligi va muhofazasini yaxshilash;
- Institut xodimlarining ish bilan band boʻlishi hamda ular uchun ijtimoiy imtiyozlarning kafolatlanishi;
- Ishchi-xodimlar hamda talabalarni ragʻbatlantirish va mukofotlash;
- Institut vakolatlari doirasida ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi boshqa muammolar boʻyicha birgalikda kelishilgan qarorlar qabul qilish;
- Institut profilaktoriyasida davolanish uchun xodimlarga imtiyozli yoʻllanmalar berilishini ta'minlash;
- Professor - oʻqituvchi va ishchi - xodimlarga «Boʻstonliq» sport-sogʻlomlashtirish maskanida dam olish uchun beriladigan imtiyozli yoʻllanmalar ajratish.
Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar:
BKUQ ish faoliyati davrida institutning kam ta'minlangan ishchi – xodimlari hamda talabalari oʻrganib borilib, ularga institut rahbariyati bilan kelishilgan holda moddiy ragʻbatlantirish amalga oshirilib kelinadi. Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan institutning kam ta'minlangan oila farzandlari boʻlgan talabalarga dekanat tavsiyasi bilan moddiy yordam koʻrsatiladi.
Institutda BKUQ ishchi – xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida quyidagi ishlarni nazorat qilib boradi:
- Professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlarning ijtimoiy himoyasini;
- Mehnat intizomini;
- Mehnat muxofazasi va mehnat sharoitlarini yaratishni;
- Professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlarning ish haqi va ish haqidan ushlab qolinadigan daromad soligʻini nazorat qilinishini;
- Ish haqi va avanslarni oʻz vaqtida berib borilishini;
- Qishki – kuzgi mavsumga tayyorgarlik koʻrishni;
- Talabalarni asossiz institutdan chetlashtirilishini;
- Jamoa shartnomasining choraklar boʻyicha bajarilishini;
- Professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni;
BKUQ professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlarni mehnat intizomiga rioya qilish maqsadida ularga qoʻmita faollari bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib boradi va yuzaga kelgan muammolarni oʻrganib chiqadi. Jiddiy holatlar BKUQ ninig Kengash yigʻilishida koʻriladi va rektoratga taklif beriladi.
BKUQ yil davomida mehnat xavfsizligini doimiy ravishda nazorat qilib boradi va professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlarni mehnatdagi faoliyatini yaxshilash maqsadida, har yili bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilib boradi. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish orqali ayrim professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlarga dori – darmonlar olishlari uchun moddiy yordam koʻrsatiladi. Shu bilan birgalikda institut tibbiyot shahobchasiga professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlarni ish bilan bogʻliq boʻlmagan holda, tibbiy yordamga muhtoj boʻlganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun rahbariyat bilan kelishilgan holda dori – darmonlar bilan ta'minlab boriladi. Tibbiyot shahobchadagi vrach va hamshiralarning ish faoliyati nazorat qilinadi. Talabalarni sogʻligini tiklash borasida ham ishlarni amalga oshiradi.
Professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlarning oylik maoshlari va avanslarini oʻz vaqtida berilishi nazorat qilinadi.
BKUQ professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlarning mehnat ta'tilini oʻtkazish davrida va sogʻliklarini tiklash uchun sanatoriya va dam olish uylariga imtiyozli yoʻllanmalar ajratadi.
BKUQ institutdagi mavjud ovqatlanish joylarini doimiy ravishda nazorat qilib boradi, ya'ni oshxonalarning sanitar holati, ovqatlarning sifati boʻyicha va ovqatlarning narh – navolarini nazorat qiladi.
BKUQ hozirgi kunda ma'naviy - ma'rifiy ishlarga katta e'tibor berilayotganini inobatga olib, yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatni qoʻllab – quvvatlash, ota – bobolarimiz tomonidan saqlab kelingan tariximiz va me'moriy obidalarni asrab – avaylash boʻyicha ma'naviyat va ma'rifat boʻlimi bilan birgalikda tushuntirish ishlarini amalga oshirmoqda.
BKUQ tomonidan respublikamizda belgilangan barcha bayramlarda bayram tadbirlari rejasi ishlab chiqilib, ularni tashkillashtiradi.
Institutda ishlaydigan professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlarga "Yangi yil” sovgʻalari berish tashkil qilingan.
Tabarruk 55, 60, 70 va 80 yoshga toʻlgan professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlar jamoa oldida tantanali ravishda mukofotlanib boriladi.
Har yili 9 – may "Xotira va qadrlash” kuniga bagʻishlab institut professor-oʻqituvchi, ishchi – xodimlaridan institutda koʻp yillar davomida ishlab kelgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, baynalminalchi jangchilarga, front ortida mehnat qilgan va ularga tenglashtirilgan xodimlar moddiy ragʻbatlantiriladi hamda bayram dasturxoni tashkil etiladi.
Oʼzbekcha
English
русский