SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Devonxona

Institut rektori tomonidan tasdiqlangan «Nizom»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari hamda Hay’at qarorlari va boshqa (yo‘riqnoma xat, modemogramma va telefonogramma) ko‘rsatmalar institut devonxona mudiri tomonidan qabul qilinib kelinadi. Devonxona xodimlari tomonidan barcha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar ijrosi bo‘yicha ma’lumotnomalar belgilangan muddatda vazirlikning elektron pochta, faks orqali jo‘natilinadi.

Institut devonxonasida ish yuritish belgilangan yig‘ma jildlar bo‘yicha tashkil etilgan, hujjatlarni ro‘yxatga olish va yuritish, ulardan foydalanish uchun zaruriy tartib qoidalar asosida yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari kirish va chiqish xatlari doimiy nazoratga olingan. Devonxona bo‘limida 2021-yil may oyidan boshlab Vazirlikdan va har qayerdan kelgan xatlar «Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi»ga kiritilib nazorati olib borilmoqda. Institut devonxonasida boshqa tashkilotlar bilan internet, faks va pochta orqali o‘zaro aloqalar o‘rnatilgan.

Devonxonaning asosiy vazifalari:

Institutda ish yuritish ishlarini olib borish va takomillashtirish.

Yuqori tashkilotlar, institut rektorining, buyruqlari va fuqarolar arizalarining bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash.

Ish yuritish jarayonida tashkil topgan hujjatlardan foydalanish va ularni saqlashni ta’minlaydi.

Xatlarni qabul qilish va yuborish.

Institut rahbariyatiga va bo‘limlariga hujjatlar, fuqarolar arizalarini taqsimlash, ularni qayd etish va ijrosini muntazam nazorat qilish.

Institut rahbariyatiga ish yuritish va xatlar ijrosini nazorat qilishga doir xabarlar taqdim etish.

Institut bo‘limlari ish yuritish xizmati xodimlari (laborant, kotiba) ishlarini nazorat qilish ularga uslubiy ham amaliy yordam berish.

Maqsadli-me’yoriy hujjatlar almashinuvini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, joriy qilish va texnik vositalardan samarali foydalanish.

Devonxona xodimlari xizmat lavozimlari yo‘riqnomasini ishlab chiqish va ularning malakalarini oshirib borishni tashkil etish.


Arxiv mudiri lavozim vazifalari:

Institutda arxiv ishlarini yuritish;

Xujjatlarni ro'yxatdan o'tkazish, saqlash va foydalanish, tizimlashtirish;

Arxiv xujjatlarini ilmiy-amaliy qimmatini ekspertiza qilishni tashkil etish bo'yicha ish yuritish;

Doimiy va vaqtincha saqlanadigan xujjatlarni ajratish;

Saqlash bo'yicha muhlati o'tgan xujjatlarni yo'q qilish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarni tuzish;

Arxivda bor xujjatlarga asoslanib arxiv ma’lumotnomasini berish, saqlash muddatlarini aniqlashtirish, xujjatlarga fond tartib raqamini berish;

Arxiv xonalarini tegishli yong'inga qarshi axvolda saqlash, yorug'lik tushishini kuzatish;

Issiqlik tizimini, aloqa vositalarini kuzatish, yig'majildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda qatnashish, ish yuritish bo'yicha tugallangan xujjatlarni arxivga topshirilishini nazorat qilish, belgilangan hisobotni o'z vaqtida topshirish, ish yuritish yo'riqnomasini ishlab chiqish, DAK xujjatlarini qabul qilish, testdan yiqilgan abituriyentlarning xujjatlarini qabul qilish.

Bilishi kerak:

O'z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo'riqnomalar va me’yoriy xujjatlarni, institut ichki tartib-qoidalari, me’yoriy xujjatlarni bilishi.

Malaka talablari:

Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo'lish, mas’uliyat xissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy haraqat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo'lishi;

Oliy ma’lumotga ega bo'lishi;

O'z sohasiga tegishli masalalar bo'yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo'lishi zarur.

Djumabayev Shavkat Saydullayevich
Icon

Djumabayev Shavkat Saydullayevich

Icon

Devonxona mudiri

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan