Xodimlar bo'limi

2026-03-24 7468
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Xodimlar bo'limi

Xodimlar bo’limining asosiy vazifalari:

  1. institut bo‘linmalarini bo‘lim rahbarlari bilan birgalikda malakali yetuk kadrlar bilan ta’minlash;
  2. kadrlar qo‘nimsizligi masalalarini tahlil qilish va shu masalalar yuzasidan o‘z takliflarini berib borish;
  3. boshqa bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda kadrlar masalasiga oid hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  4. institutda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va o‘qiyotgan magistrlar va bakalavriat bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning shaxsiy delolarini saqlanishini ta’minlash;
  5. professor-o‘qituvchilarning tanlovdan o‘tish vaqtini aniqlash va axborot tayyorlashni nazoratga olish;
  6. institut xodimlariga guvohnomalar va ma’lumotlar tayyorlashni tashkil etish;
  7. oliy ta’lim vazirligi va boshqa hisobot talab qiluvchi tashkilotlarga kadrlar masalasida hisobotlar tayyorlash;
  8. xodimlarga yuritiladigan mehnat daftarchalarini bo‘lim nazoratchilari tomonidan yurgizilishini nazorat qilib borish;
  9. xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lavozim o‘zgarishlari bo‘yicha buyruqlarning loyihasini tayyorlash va rahbariyatga kiritilishini nazoratga olish;
  10. oliy ta’lim vazirligidan olinadigan diplom blankalarini saqlanishi va yuritilishini nazoratga olish;
  11. fakultet dekanlari tomonidan tayyorlanadigan buyruqlarni ro‘yxatga olinishini nazorat qilish;
  12. oliy ta’lim vazirligidan olinadigan akademik ma’lumotnomalar blankalarini nazoratga olish;
  13. kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda xodimlarning mehnat intizomini buzganligi tufayli ishdan bo‘shatish nazoratini yuritish;
  14. xodimlar bo‘limida ishlovchi nazoratchilarni o‘z vazifalarini qay darajada bajarayotganliklarini kuzatib borish;
  15. talabalar bilan ishlash bo‘limida mavjud bo‘lgan shaxsiy delolar va har bir talabaga ochilgan talabalik kartochkalarini harakatini nazoratga olish;
  16. xodimlar bo‘limi tomonidan tayyorlanadigan barcha hisobotlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazoratga olish;
  17. ishdan bo‘shatilgan xodimlarning va o‘qishni tugatgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivga topshirilishini nazoratga olish;
  18. har yili qabul komissiyasidan o‘qishga qabul qilingan 1 kurs (bakalavr) talabalari va magistratura tinglovchilari va ikkinchi oliy ta’limga qabul qilinganlarning shaxsiy hujjatlarini qabul qilinishini nazoratga olish.

Bo'lim boshlig'i

XAMRAYEV SAMARIDDIN BAXRILLOYEVICH

XAMRAYEV SAMARIDDIN BAXRILLOYEVICH

Bo‘lim boshlig‘i

Batafsil

1-toifali muhandis

BOBOSHEROV ISLOM BAXTIYOR O‘G‘LI

BOBOSHEROV ISLOM BAXTIYOR O‘G‘LI

1-toifali muhandis

Batafsil
UMAROVA DILSHODA NISHANOVNA

UMAROVA DILSHODA NISHANOVNA

1-toifali muhandis

Batafsil

Inspektor

ALIQULOV AZIZJON AVAZ O‘G‘LI

ALIQULOV AZIZJON AVAZ O‘G‘LI

Inspektor

Batafsil