SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqitisodiyot va servis institutida Tarixiy muzey mavjud bo‘lib, bu Tarixiy muzey institutning 1931-yildan buyon olib borgan faoliyatini o‘z ichiga oladi.

Muzeyda institut tarixi, o‘quv jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘rgazmali materiallari institut ochilishidan to bugungi kungacha davrlar kesimida joylashtirib chiqilgan. Bu ko‘rgazmali materiallarda institutda o‘z faoliyatini olib borgan direktorlar, rektorlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar faoliyatlari o‘rin olgan.

Institut muzeyi barcha mehmonlar, institut jamoasi uchun 08:00 dan 18:00 gacha o‘z faoliyatini olib boradi.

Muzey faoliyatini yuritish, uni boyitish va doimiy ma’lumotlarni kiritib borish ishlarini institut xodimlaridan I.I.Ne’matov, A.X.Maxkamovlar olib borishmoqda.