“Islohotlar bilimdoni” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ'ib qilish, pedagog xodimlar va talaba-yoshlarning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirish, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda ilg'or tashabbuslarni rag'batlantirish maqsadida "Islohotlar bilimdoni" ko'rik-tanlovining institut bosqichi tashkil etildi.
Ko'rik-tanlov quyidagi 5 ta nominatsiya bo'yicha o'tkazildi:
"Eng faol milliy g'oya va ma'naviyat targ'ibotchisi";
"Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha eng yaxshi kafedra";
"Eng yaxshi tyutor";
"Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi";
"Eng faol islohotlar targ'ibotchisi".
Ishtirokchilar belgilangan nominatsiyalar bo'yicha o'z faoliyati va tashabbuslarini namoyish etdilar. Tanlov yakunlariga ko'ra, g'oliblar aniqlandi hamda respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.
Oʼzbekcha
English
русский