SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Bo’lim xodimlar soni talabalar kontengentiga bog’liq holda bo’lib, unga rahbarlikni boshliq amalga oshiradi. Xodimlarning shtat jadvali rektor tomonidan tasdiqlanadi. Bo’lim xodimlarining ish haqi (razryadi) institutning umumiy smetasi doirasida hal qilinadi va bo’limning ish natijalariga ko’rа byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan qo’shimcha haq belgilash huquqiga ega.

Marketing va talabalar amaliyoti bo’limining vazifalari:

1. Samarqand iqtisodiyot va servis institutida tayyorlanayotgan oliy maʼlumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini oʻrganish asosida maʼlumotlar baʼzasini shakllantirish.

2. Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini oʻz ichiga olgan holda taʼlim xizmatlari isteʼmolchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega boʻlgan tashkilotlar - davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali toʻliq maʼlumotlar bankini yaratish.

3. Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni institut kengashlarida muhokamaga qoʻyish uchun kiritish, bu borada institutning tegishli boʻlimlari bilan hamkorlik qilish.

4. Institutda kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish.

5. Institutda bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.

6. Taʼlim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish, yosh mutaxassislarga boʻlgan talab koʻrsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish.

7. Institut joylashgan hududdagi muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlari qondirilishiga institut faoliyatini yoʻnaltirish.

8. Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha raqobatli taʼlim xizmatlarining paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan xizmatlar bozori konyukturasining oʻzgarishini tahlil qilib borish hamda yangicha rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.

9. Institutda marketing xizmati jarayonlarining tez oʻzgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan oʻzaro bogʻliqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (isteʼmolchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy maʼlumotli yosh mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini hududlar boʻyicha oʻrganish.

10. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

11. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik va aloqa oʻrnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa maʼmuriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati toʻgʻrisidagi fikrlarini oʻrganib borish.

12. Institutda kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va taʼlim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taʼminlash boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

13. Yosh mutaxassislardan kadrlar isteʼmolchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga koʻmaklashish.

14. Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini institut kengashida muhokama qilish.

15. Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va isteʼmolchi (buyurtmachi) korxonalar hamkorligini taʼminlash.

16. Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin boʻlgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga koʻmaklashish.

17. Belgilangan muddatlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga oliy taʼlim muassasalarining joriy yildagi bitiruvchilari toʻgʻrisida taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar), ishga yoʻllanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan maʼlumotlarni taqdim etib borish.

18. Mehnat bozori konyunkturasini oʻrganish, qabul parametrlariga takliflarni isteʼmolchilarning bitiruvchilarga boʻlgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi institutning maʼlumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni oʻz vaqtida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etib borish.

19. Bitiruvchilarni isteʼmolchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis toʻgʻrisidagi tavsiya va takliflarini eʼtiborga olgan holda taqsimlash.

20. Talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha mutaxassislik kafedralar bilan hamkorlikda korxona, muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hamda shartnomalar imzolash.

21. Talabalar amaliyotini taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislikka mos korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etilishini taʼminlash.

22. Talabalar amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini oʻrganish, oʻrganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib institut rahbariyatiga taqdim etib borish.

23. Talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy va milliy tajribalarni oʻrganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

24. Talabalar amaliyotini tashkil etilish yuzasidan tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

25. Taʼlim xizmatlari eksportini tashkil etish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bo'tayev Dilshod Eshbekovich
Icon

Bo'tayev Dilshod Eshbekovich

Icon

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi boshlig'i

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan