SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari hamda buyruqlari, institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, institut Ustavi va buxgalteriya bo‘limi Nizomi asosida olib boradi.

  Bo‘limning maqsadi institutning samarali faoliyat ko‘rsatishi va yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishishi uchun zarur moliyaviy shart-sharoit yaratish hamda institut moddiy-texnika bazasini kuchaytirish maqsadida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumidan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash, xarajatlarni moliyalashtirishda tasdiqlangan reja (smeta) va limitlar doirasidan chiqmaslikka erishish, institutning joriy va istiqboldagi iqtisodiy holatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Buxgalteriya bo‘limining asosiy vazifalari:

    •  O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;

    • Professor-o’qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o’z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;

    • Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to’grisidagi to’liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

    • Moddiy boyliklar va pul mablag’lari inventarizasiyasini o’z vaqtida o’tkazish;

    • Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

    • Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;

    • Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o’z muddatlarida o’tkazish;

    • Bankdan olingan pul mablag’larini maqsadli sarflash;

    • Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo’lishining oldini olish;

    • Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to’g’ri sarflanishini nazorat qilish;

    • Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to’g’ri saflanishini nazorat qilish;

    • Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;

    • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo’yicha sarflanishini nazorat qilish;

    • Pul mablag’lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizasiyasini o’rnatilgan tartib asosida sifatli o’tkazilishini nazorat qilish;

    • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o’z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.

Hozircha xodimlar maʼlumoti mavjud emas.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan