Talabalar turar joylari



Institutning talabalar turar joyi 1965 yilda qurilgan boʼlib, 4 qavatdan iborat. Talabalar yashash xonalari 110 tani tashkil etadi. Mazkur yilda talabalar turar joyida 997 mln. soʼmlik kapital taʼmirlash ishlari olib borilib, 499 mln. soʼmlik mebel jihozlari oʼrnatildi. Natijada talablar turar joyining quvvati 210 oʼrindan 250 oʼringa oshdi. Talabalar uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Jumladan, talabalar turar joyida jami 7 ta oshxona, 5 ta yuvinish xonasi, 8 ta xojatxona, 3 ta dam olish xonasi, 1 ta tibbiyot xonasi xizmat koʼrsatmoqda. Undan tashqari 5 ta tashubbus boʼyicha maxsus xonalar jumladan, sanʼat va musiqa xonasi, fitnes va jismoniy madaniyat xonasi, axborot texnologiyalari va internet xonasi hamda kutubxona tashkil etildi.