SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Umumiy qoidalar.

Matbuot kotibi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining (keyingi o‘rinlarda institut deb ataladi) mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.

Matbuot kotibi o‘z faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati organlarlari ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.

Matbuot kotibi o‘z faoliyatini Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, institutning tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.

Matbuot kotibining asosiy vazifalari 

Quyidagilar matbuot kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va institut rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

keng jamoatchilikni institutning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

institutning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

institutning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

institutning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

Matbuot kotibi o‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAVning institut faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

Matbuot kotibining huquqlari va javobgarligi

Matbuot kotibi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

matbuot kotibining vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni institutning boshqa bo‘linmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;

institutning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;

qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun institutning rektori bilan kelishgan holda institutning boshqa bo‘linmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish;

boshqa OTMlarning axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda matbuot kotibi vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha institut nomidan vakillik qilish;

o‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;

institutning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, faoliyati masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish.

Matbuot kotibi o‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;

Institut faoliyatining milliy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini ta’minlash uchun javob beradi.

Matbuot kotibi faoliyatini tashkil etish

Matbuot kotibi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori tomonidan tayinlanadi hamda lavozimdan ozod qilinadi.

Matbuot kotibi faoliyati institut rektori tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida tashkil etiladi.

Matbuot kotibi bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.


Erkinov Botir Baxriddin o’g’li
Icon

Erkinov Botir Baxriddin o’g’li

Icon

Matbuot kotibi

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan