Institutimiz professor-o'qituvchilar va ishchi xodimlarining farzandlari uchun qogʻirchiq teatri tashkil etildi.



Yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan institutimiz kasaba uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan professor-o'qituvchilar va ishchi xodimlarning farzandlari uchun Samarqand qo'g'irchoq teatrida aziz bolajonlarimizga "Qor malikasi" nomli spektakl namoyish etildi. Ushbu spektaklni bolajonlarimiz maroq bilan tomosha qilib hordiq chiqarishdi.
Professor-o'qituvchilar va ishchi xodimlar nomidan kasaba uyushmasiga minnatdorchilik bildiramiz.
