SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Bugun, 26-fevral kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga ACCAning Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi regional boʻlinmasi vakili - O‘zbekiston va Armanistonda aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Julduz Jarmag‘ambet tashrif buyurdi.


Mehmon bilan institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Dilbar Aslanova, oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Toʻlqin Sharipov, buxgalteriya hisobi kafedrasi mudiri Samiddin Tashnazarov, boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri Uchqun Shirinov va xalqaro hamkorlik boʻlimi boshlig'i Jonibek Maxmudovlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2020-yildagi PQ-4611-son topshirig‘i doirasida ACCA tomonidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kabi tajriba-sinov OTMlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi belgilangan. Aynan shu asosda tashkil etilgan uchrashuvning asosiy maqsadi assotsiatsiya va institut oʻrtasida aloqa o‘rnatish va akkreditatsiya bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish bo'ldi. 


Uchrashuvda shuningdek, ACCA to‘g‘risida taqdimot tinglandi va kelgusidagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.


Ma'lumot uchun: Sertifikatlangan qasamyod qilgan buxgalterlarning xalqaro assotsiatsiyasi (ACCA) - moliya va buxgalteriya hisobi sohasidagi mutaxassislarni birlashtiruvchi va professional malaka berish huquqiga ega bo‘lgan global professional assotsiatsiyadir. Hozirgi vaqtda assotsiatsiyaning 180 mamlakatda 252 000 a’zosi va 526 000 bo‘lajak a’zolari mavjud. Dunyo bo‘ylab moliya mutaxassislarini o‘qitish va rivojlantirishning yuqori standartlarini qo‘llab-quvvatlaydigan 7 900 dan ortiq kompaniya ACCA akkreditatsiyalangan ish beruvchisi maqomiga ega.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan