Ochil Tohir ishtirokidagi uchrashuv Ishtixon tumanida bo'lib o'tdi
O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi a'zosi Ochil Tohir Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mas'ullari hamrohligida Ishtixon tumanidagi 55-sonli umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.
Mazkur maktabda ijodkor hayoti va ijodiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida o'quvchilar shoir asarlaridan namunalar ijro etishdi, uning ijodi yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Uchrashuv so'ngida Ochil Tohir maktab jamoasiga samimiy minnatdorlik izhor etib, yosh avlodni ijodga, kitobxonlikka va yuksak ma'naviyatga chorlovchi tilaklarini bildirdi.
Oʼzbekcha
English
русский