"Notiqlik san'ati" to'garagiga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun sayohat uyishtirildi.



28-yanvar kuni "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi Z. Ashurova 2022-2023-o'quv yilida "Notiqlik san'ati" to'garagiga qabul qilingan iqtidorli talabalar bilan Samarqand viloyati O'lkashunoslik muzeyi hamda Samarqand davlat universiteti ilmiy-amaliy muzey laboratoriyasiga tashrif buyurishib, mashg'ulot olib bordi. Servis fakulteti MR-222, Sat -222 guruh talabalarining bir qancha ijodiy ishlari bilan tanishib chiqildi. SAT-222 guruhi tyutori U.Sharopov "Iqtidorli talabalar- institut iftixori" mavzusida nutq so'zlab, guruh talabalarini institut miqyosida tashkil etilgan to'garaklarga jalb qilinishi haqida to'xtalib o'tdi.
