SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

"8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan institut rektorining tabrigi

Assalomu alaykum, aziz ustozlar, munis va lobar opa-singillar!

Avvalo, sizlarni, siz orqali yurtimiz barcha ayollarini go‘zallik va nafosat ayyomi – 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Sizlar doimo bizning e’tiborimizda va ardog‘imizdasizlar, “Xotin-qizlar kuni” bayrami esa shunchaki ramziy sana hisoblanadi. 

Aziz opa-singillar!

Yer yuzida hayot paydo bo‘libdiki, odamzot muqaddas Ona siymosini, ayol zotini ulug‘lab, sharaflab keladi.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini tashkil etadigan ayollar ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida xususan, ta’lim, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilmoqda. Xususan, institutimiz hayotida ham xotin-qizlar faoliyatining ahamiyati katta hamda uning salmog‘i tobora ortib bormoqda.

Hozirgi vaqtda institutimiz professor-o‘qituvchilari orasida

3 nafar fan doktori, professorlar, 27 nafar fan nomzodi, dotsentlar xotin-qizlardan iborat ekanligini, institutning yuqori lavozimlarida ham ayollarimiz samarali mehnat qilib kelayotganligini alohida ta’kidlash lozim, deb hisoblayman. Birgina o‘tgan yilning shu davriga mos ravishda institutda o‘z ilmiy izlanishlarini davom ettirib, 5 nafar xotin qizlarimiz falsafa doktori darajasini hamda 6 nafarlari ilmiy unvonlarini olishdi. Bu jamiyatimiz hayotida xotin - qizlarga berilayotgan yuksak etibor namunasi deb bilaman. 

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlagandek: “Biz yaxshi tushunamiz – xotin-qizlarning huquq va manfaatlari ta’minlangan jamiyatda albatta tinchlik, adolat, erkinlik va farovonlik bo‘ladi. Ayol baxtli bo‘lsa, oila va jamiyat ham albatta baxtli bo‘ladi.”. “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da ham xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi ishlar izchil davom ettirilishi belgilangan. Shuningdek, mazkur yil institutimiz xotin-qizlariga, olima ayollarimizga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Siz qanday vazifada ishlamang, qanday mas’uliyatli vazifani bajarmang, avvalo mehribon ona, suyukli yor, g‘amxor opa-singil bo‘lib qolaverasiz.

Sizni ta’riflash uchun bir necha ming yillardan buyon turli she’rlar, qo‘shiqlar va g‘azallar bitilgan bo‘lsada, ularning hech biri ayol siymosini to‘laligicha ochib berishga qodir emas.

Aziz va muhtarama opa-singillar!

Fursatdan foydalanib, ushbu ayyomda sizlarni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini, muhtarama onaxonlarimiz, qadrli opa-singillarimiz, go‘zal qizlarimizni o‘zim va jamoamiz yigitlari nomidan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Po'latov Muhiddin Egamberdiyevich

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved