Mamayunus Pardayev hikmatlaridan



Do‘stim deb yurganing aslo dushman bo‘lmasin
Sadoqatsiz do‘st lavozimga erishganda seni unutadi, xuddi shunday sen lavozimdan ketganingda ham unutilasan.
* * *
Soxta odamlarning do‘stligi samimiy bo‘lmaydi.
* * *
Yoningda yurgan kishi xoin bo‘lsa, hech mahal yaxshilik kutma.
* * *
Manfaat uchun do‘st bo‘lgan odamda ham sadoqat bo‘lmaydi. Agar ularga mehr qo‘ygan bo‘lsang ham lavozimdan bo‘shaganingdan keyin topa olmaysan.
* * *
Senga g‘araz qiladiganlar kamchiligingni axtarib yuradi. Ular sen haqingda kimlargadir biror narsa desa, gaplariga befarq bo‘lma. O‘zingni to‘g‘rilab ol.
* * *
Do‘stlik aksariyat holda tili bilan emas, dili va harakati bilan izhor qilinadi.
* * *
Do‘st ham senga munosabatda adashishi mumkin. Birdaniga xulosa chiqarib, voz kechib ketma.
* * *
O‘zini nazorat qilmagan odam, o‘zining eng katta dushmani.
* * *
Do‘stingning tushkunlik kunlari albatta yonida turish kerak.
* * *
Odam do‘stni tanlashda gapiga qarab emas, harakatiga va odatiga qaragani ma’qulroq. Agar unda hasad bo‘lsa, do‘stlashmagan afzal.
* * *
Ustoz jamoani gapi bilan, yaqinlarini ibrati bilan ham tarbiyalaydi.
* * *
Do‘stlik eskirmaydi, sayqallanadi. Yoshlikdagi do‘stlik aksariyat holda samimiyligicha qoladi.
* * *
“Do‘stim deb yurganing aslo dushman bo‘lmasin”, degan holatga tashxis qo‘yish uchun sinab ko‘ring.
* * *
Do‘stlikni bog‘lab turadigan eng kuchli ip – bu sadoqatdir.
* * *
Odatlar bir-biriga o‘xshamasa do‘st bo‘lish qiyin. Yolg‘onchi bilan yolg‘onchilar o‘rtasidagi do‘stlik “samimiy” bo‘ladi.
* * *
Rostgo‘y kishi yolg‘onchi bilan do‘st bo‘la olmaydi.
* * *
Aksariyat holda shogirdning kamoloti ustozning mahoratiga bog‘liq.
* * *
Iqrorlikning zamirida ishonch yotadi. Do‘stlikni bog‘lab turuvchi omillardan biri ham ishonchdir.
* * *
Do‘stlikda faqat quvonch va muvoffaqiyatlar emas, balki iztirob va tashvishlar ham bo‘ladi. Haqiqiy do‘stlar bunga chidaydilar.
* * *
Keksaygan chog‘ida ham samimiy do‘sti bor odam juda baxtlidir.
* * *
Osmonga bulut chiqsa hamisha ham yomg‘ir yog‘avermaydi.
* * *
Tunni yoritish uchun oyning nuri, ko‘ngilni yoritish uchun esa mehr nuri lozim ekan.
* * *
Muhabbat va do‘stlik egizak. Ikkalasi ham ikki tomonlama sadoqatni talab qiladi.
* * *
Insonlar kamchiliksiz bo‘lmaydi. Buni faqat Alloh va samimiy do‘stlargina kechiradi.
* * *
O‘tmishingiz go‘zal, buguningiz go‘zal, kelajagingiz ham go‘zal bo‘lishi uchun qanoatli, halol va sabrli bo‘lib qolishda davom eting.
* * *
Hurmmatli ayollar eringizni yaxshi ko‘rish uchun o‘zlaringizni ham yaxshi ko‘rsating.
* * *
Vaqt foydalansangiz benazir do‘st, shunchaki o‘tkazib yuborsangiz katta dushman. Chunki u bir kunlik umringizni olib ketdi.
* * *
Bir maqsadga erishish uchun do‘stlashsangiz, bu aksariyat holda vaqtincha.
* * *
Mamayunus Pardayev hikmatlaridan
