FVB bilan hamkorlikda oʻquv seminari tashkil etildi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi" oyligi doirasida talabalar uchun oʻquv seminari tashkil etildi. Seminar davomida institut yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Toʻrayev hamda viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hayot faoliyati xavfsizligi markazi oʻqituvchisi A.Bozorboevlar tomonidan talabalarga mavzu yuzasidan tushuncha va ma'lumotlar berib oʻtildi.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
