FVB bilan hamkorlikda oʻquv seminari tashkil etildi

2025-03-27 444
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
FVB bilan hamkorlikda oʻquv seminari tashkil etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi" oyligi doirasida talabalar uchun oʻquv seminari tashkil etildi. Seminar davomida institut yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Toʻrayev  hamda viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hayot faoliyati xavfsizligi markazi oʻqituvchisi A.Bozorboevlar tomonidan talabalarga mavzu yuzasidan tushuncha va ma'lumotlar berib oʻtildi.

Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.