“Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar” tanlovi bo‘lib o‘tdi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida qatag'on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o'rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish hamda talaba-yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish maqsadida "Qatag'on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar" tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda talaba-yoshlar o'z ilmiy izlanishlari, ijodiy yondashuvi va mustaqil fikrlari bilan faol ishtirok etdilar.
Yakuniy natijalarga ko'ra, g'oliblar quyidagi o'rinlarni egalladilar:
🥇1-o'rin - Ermamatova Muxlisa, menejment va marketing fakulteti;
🥈2-o'rin - Olimova Shalola, bank-moliya xizmatlari fakulteti;
🥉3-o'rin - Rayimqulova Nafisa, menejment va marketing fakulteti.
Oʼzbekcha
English
русский