O'zbekiston va Sloveniya ta'lim va biznes doirasi uchrashuvi boʻlib oʻtdi



Joriy yilning 3-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Inno” texnoparkida Sloveniya mamlakati tadbirkorlari guruhining Toshkent shahriga tashrifi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida vazirlik bilan uchrashuv, kichik ko’rgazma hamda G2B uchrashuvlar o’tkazildi.
Mazkur tadbirda professor O.Pardaev institutimiz nomidan hamkorlik takliflari bilan ishtirok etdi.
