Rektor tabrigi



#bayram_tabrigi
Aziz yoshlar!
Yangi Oʻzbekistonning kelajak poydevorlari!
Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Oʻzingizga boʻlgan ishonch, yurtimiz shon-shuhratini jahon darajasiga olib chiqishga qaratilgan ishtiyoq, doimo oldinga intilish kabi tuygʻular sizni hech qachon tark etmasin.
Siz yoshlarning rivojlanishingiz, mukammal bilimlar egallashingiz, vatanimiz ravnaqining kafolati demakdir. Zero, buyuk kelajak bunyodkorlariga zarur imkoniyatlar yaratish — Vatan taraqqiyotiga qoʻshilgan munosib hissadir. Yoshlarimizga katta eʼtibor berilayotgan ushbu zamonda, ularning har bir yutuqlaridan quvonmoqdamiz. Keyingi yillarda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ana shunday yoshlarning 758 nafari davlat mukofotiga sazovor boʻlgani ham bejiz emas.
Albatta, Yangi Oʻzbekiston yoshlari bundanda katta choʻqqilarga erishishi kerak va bu yoʻlda sizlarga koʻmakdosh boʻlishdan xursandmiz.
Yana bir bor barchangizga ulkan muvaffaqiyatlar, ijodiy va ilmiy sohalarda omadlar tilab qolaman. Unutmang, ushbu yurt quruvchilari va egalari siz aziz yoshlardir!
Hurmat bilan,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori
Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich!
