SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

#bayram_tabrigi


Aziz yoshlar! 

Yangi Oʻzbekistonning kelajak poydevorlari! 

Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Oʻzingizga boʻlgan ishonch, yurtimiz shon-shuhratini jahon darajasiga olib chiqishga qaratilgan ishtiyoq, doimo oldinga intilish kabi tuygʻular sizni hech qachon tark etmasin.

Siz yoshlarning rivojlanishingiz, mukammal bilimlar egallashingiz, vatanimiz ravnaqining kafolati demakdir. Zero, buyuk kelajak bunyodkorlariga zarur imkoniyatlar yaratish — Vatan taraqqiyotiga qoʻshilgan munosib hissadir. Yoshlarimizga katta eʼtibor berilayotgan ushbu zamonda, ularning har bir yutuqlaridan quvonmoqdamiz.  Keyingi yillarda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ana shunday yoshlarning 758 nafari davlat mukofotiga sazovor boʻlgani ham bejiz emas.

Albatta, Yangi Oʻzbekiston yoshlari bundanda katta choʻqqilarga erishishi kerak va bu yoʻlda sizlarga koʻmakdosh boʻlishdan xursandmiz.

Yana bir bor barchangizga ulkan muvaffaqiyatlar, ijodiy va ilmiy sohalarda omadlar tilab qolaman. Unutmang, ushbu yurt quruvchilari va egalari siz aziz yoshlardir!


Hurmat bilan,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori

Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich!

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan