Joriy yilning 15-sentabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Auditni xalqaro standartlar asosida o'tkazishning nazariy, tashkiliy va metodologik masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Tadbirda mahalliy va xorijiy oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, soha olimlari, amaliyotchi auditorlar, professional tashkilotlar vakillari, doktorantlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Xususan, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pardayev Olim Mamayunusovich, professor-o'qituvchilar, ACCAning O'zbekiston va Armaniston bo'yicha biznes aloqalar menejeri Juldiz Jarmagambet hamda boshqa yetakchi soha mutaxassislari o'zlarining dolzarb ma'ruzalari bilan qatnashdilar.
Anjumanda muhokama qilingan asosiy yo'nalishlar:
Xalqaro standartlar: Auditni xalqaro mezonlar asosida tashkil etish va o'tkazish amaliyoti;
Sifat nazorati: Auditorlik xizmatlari sifatini oshirish mexanizmlari;
Professional malaka: Xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish;
Metodologiya: Zamonaviy audit metodologiyasini takomillashtirish;
Raqamlashtirish: Raqamli texnologiyalarni auditorlik faoliyatiga keng joriy etish istiqbollari.
Qizg'in bahs-munozaralar va fikr almashuvlar asosida o'tgan anjuman yakunida auditorlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan amaliy taklif va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский