Oila mavzusida Mamayunus Pardayev hikmatlari



Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz...
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, ayolingizga baxillik qilmang. Unga hamisha oʼz mehringizni izhor qilib turing.
* * *
Аyollar erkalanishni va muhabbatning yuzaga chiqishini yaxshi koʼrishadi. Bu borada ham munosib javbini biling.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz u bilan oralaringizda tushunmovchiliklar yuzaga kelsa sababini aniqlab, bir lahzaga ham adovat qoldirmang.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, faqat meniki toʼgʼri degan fikrdan yiroq boʼling. Muhokama va munozara orqali muloyimlik bilan tushuntiring. Hech mahal bir-biringizga muhabbatsiz boʼlib qolmang.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, kamchiliklaringizni tan oling va uni takrorlamang. Аgar oilangiz kamchilikka yoʼl qoʼysa, bosiqlik bilan tushuntirib, uni bartaraf qilish yoʼlarini kelishib oling.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, ayollar oʼzlari nimani yoqtirsalar, erlarida ham oʼsha sifatlar boʼlishini xohlaydilar. Bu sifatlar: shirin soʼz, chiroyli surat, toza kiyim va xushboʼy hid.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, oilangizga eʼtiborli boʼling. Siz xohlagan narsalarni bilmasa muloyimlik bilan oʼrgatishdan charchamang. Chunki Siz u bilan bir umr birga yashaysiz.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, unga bir falsafani juda chiroylik qilib tushuntiring. Аyol malika boʼlishi uchun eri podshoh boʼlishi lozim. Oilada Sizni shoh his qiladigan va mos ravishda Siz ham malika bilan yashayotganday yashashingiz kerak.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, haddan ziyod erkalatib ham boʼlmaydi. Oʼzaro munosabatda har bir harakat va gaplar oʼz oʼrni va meʼyorida ishlatilmogʼi lozim.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, har bir kunni huzur-halovat bilan oʼtkazing. Muhabbatning eng adolatlisi shu – huzur-halovatda yashashdir. Bu – boriga shukur qilib, yoʼgʼiga erishish yoʼlini axtarib, sabr qilib yashash demakdir.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, bir-biringiz bilan kim oʼzarga ish tutmang. Qancha chopsangiz ham oila davrasidan chiqib keta olmaysiz.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, oʼrtadagi samimiyat hech mahal susaymasligi kerak. Oʼzaro munosabatdagi samimiyat hayotiy shiorlaringiz boʼlsin.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, oilangizga har kuni gul koʼtarib kelish shart emas. Bozorda sotilmaydigan, hech joyda topilmaydigan ozgina mehrni hadya qilsangiz yetarli.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, hamisha niyatingiz xolis boʼlsin. Qachon yaxshi niyat qilsangiz, Аlloh oʼsha niyatingizga yarasha beradi ahvolingizni ham yaxshilaydi.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, oʼzingizga va boshqalarga ham yaxshilikni ravo koʼrib yashasang. Shunday boʼlsa, oʼylamagan tomoningizdan yaxshilik kelaveradi. Yaxshilikning qaytimi ham yaxshilikdir.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, koʼngilni keng qilib, xolis niyat bilan boshqalarni ham baxtiyor qilish uchun yashang, Аlloh boshqalarni baxtiyor qilish orqali sizni ham kam qilmaydi, martabangiz va rizqingizni ham ziyoda qilaveradi.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, Siz vaqtingizni qadirlang. Chunki, buni pulga sotib olib boʼlmaydi. Pulni topish va sarflashni vaqt bilan bogʼlab, toʼgʼri taqsimlay oling.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, pul topish bilan birga sarfini ham oʼylang. Misqollab topib, satillab sarflasangiz hamisha toʼkis boʼlib yurishingiz qiyin. Buni oilaning hamma aʼzolariga oʼrgating.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, pulingiz ehtiyojingizdan koʼpaysa, ehsonni ham oʼylang. “Kistadaga amonat, berganing oʼzingniki”, degan naql bor. Аlloh yoʼlida ehson qilsangiz uning savobini hech kim tortib ola olmaydi.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, ayolingiz oʼzini taxtda oʼtirgan qirolichadek his qilganda, uni bu taxtidan uzoqlashtira koʼrmang. Bu taxt aslida sizniki, ammo malikaning ham ahyon ahyonda oʼtirishga haqlari bor.
* * *
Oilam tinch, xotirjam boʼlsin desangiz, ayol kishining ruhiyatini inobatga oling. Аyollar erini va oʼz oilasini boshqarishni xohlaydigan nozik qalb egasi. Uning bunday xislatiga toʼsqinlik qilmang. Аgar oilani toʼgʼri boshqarayotgan boʼlsa Sizga yengillik boʼladi. Xato qilgan paytda oʼz variantingizni chiroylik qilib tushuntiring.
Mamayunus Pardaev hikmatlaridan