uz en ru
Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
31 1 daqiqa o'qish

Bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan bitiruvchi bosqich talabalarining bandligini ta'minlash, ularni mutaxassisligiga mos ish o'rinlariga yo'naltirish maqsadida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yoshlar kreativ bog'ida o'tkazilgan tadbirda institut rahbariyati, mas'ul xodimlar, bitiruvchi talabalar, viloyat bandlik boshqarmasi vakillari hamda turli korxona va tashkilotlar ish beruvchilari ishtirok etdilar.

Yarmarka davomida talabalarga mavjud bo'sh ish o'rinlari, mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar va ishga qabul qilish tartiblari haqida ma'lumot berildi. Bitiruvchilar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusidagi mehnat faoliyatlari yuzasidan tavsiyalarga ega bo'ldilar.

Mazkur tadbir bitiruvchilarni ish beruvchilar bilan bog'lash, ularning kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish va yoshlar bandligini ta'minlashga xizmat qiladi.