SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish va 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan  “Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.

Tadbirda institut rahbariyati, ota-onalar, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi. Mas'ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamli texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati, komplaens-nazorat tizimining samarali usullari hamda institutda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning samarasi boʻyicha maʼruzalar qilindi.

Shuningdek tadbir so'ngida ishtirokchilar uchun institut hududi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.