DIQQАT E'LON



Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2023 yilning 29 mart kuni mamlakatimizda turizm salohiyatini oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida, turistik salohiyati mavjud boʼlgan tumanlarning bu sohadagi faoliyatlariga koʼmaklashish maqsadida 11 ta oliy taʼlim muassasasi biriktirildi. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti zimmasiga Navoiy viloyatining Nurota, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarining turistik salohiyatini tadqiq qilish va yigʼilishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash masalasi qoʼyildi.
Institutimizda ushbu yoʼnalish boʼyicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining xukumat tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlashga koʼmak beradigan takliflarini aprobatsiyadan oʼtkazish maqsadida, institut muassisligida nashr etilayotgan “Servis” ilmiy-amaliy jurnalining 2023 yildagi maxsus sonini chop etish va bunda turizm sohasidagi muammolar hamda ularning yechimlariga bagʼishlangan maqolalarni chop etish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 2023 yilning 5 noyabrigacha maqolalar qabul qilinishi belgilandi. Maqolalarni talab darajasida rasmiylashtirgan holda joʼnatishlaringiz soʼraladi.
Manzil: Samarqand sh., А.Temur koʼchasi 9-uy,
Tel.: +998979137440, +998972887555